16:29 / 21.05.2016
5908

Turkiyaning yangi bosh vaziri rasmiy Anqara siyosatini o‘zgartirmaydi

2016 yil 22 may kuni Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasining ikkinchi navbatdan tashqari s'yezdida, partiya rahbarligiga saylanishi kutilayotgan Binali Yildirim mamlakat hukumatining tarkibi va siyosatini jiddiy tarzda o‘zgartirmaydi. 

Asosiy vazirlar, tashqi ishlar, ichki ishlar va ayrim iqtisodiy soha vazirlari o‘z lavozimini saqlab qoladi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, Turkiya rahbariyatining kurdlar masalasi, YeI, Rossiya va Suriya bilan munosabatlariga oid qarashi keskin o‘zgarmasligi aniq. 

Albatta, Turkiya yangi hukumati davlat siyosatiga yangi aspektlar ham kiritadi. Xususan, rasmiy Anqara RF bilan aloqalaridagi inqirozni boshqarishi, Suriya yo‘nalishida birmuncha faol qadamlar tashlashi hamda YeI bilan muloqotini tuzatishi mumkinligi taxmin qilinyapti. Ammo, keskin o‘zgarishlar va 180 darajaga qayrilishni kutish noto‘g‘ri bo‘lar edi, deyishmoqda tahlilchilar.

Mamlakat ichki siyosatida, prezidentlik boshqaruviga asoslangan yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish hamda terrorizmga qarshi faol kurash olib borishga e'tibor qaratiladi.

Top