09:46 / 22.05.2016
3464

Germaniya Kubogi finali: «Bavariya» penaltilar seriyasida Dortmundning «Borussiya»sini yengdi

Germaniya kubogi finalidan o‘rin olgan "Bavariya" – "Borussiya" D klublari o‘rtasidagi uchrashuvda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Asosiy vaqtda va qo‘shimcha taymlarda hisob ochilmagach, boshlangan penaltilar seriyasida “Bavariya” ustun kelib, Germaniya kubogi g‘olibiga aylandi.

Bunga qadar Gvardiola shogirdlari mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.

Qayd etish kerak, Dortmundning “Borussiya” klubi ketma-ket uchinchi bor Germaniya Kubogining finalida imkoniyatni boy berdi. Bir yil muqaddam “Volfsburg” hal qiluvchi o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikki yil avvalgi finalda “Bavariya” bu jamoa darvozasiga qo‘shimcha daqiqalarda 2ta gol urishga erishgandi.

Bavariya – Borussiya D 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 4:3
Bavariya – Noyyer, Lam, Alaba, Boateng, Vidal, Kimmix, Duglas Kosta, Riberi (Koman, 108), Alkantara, Levandovski, Myuller.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Hummels (Ginter, 78), Shmeltser (Durm, 70), Pishchek, Vaygl, Mxitaryan, Bender, Kastro (Kagava, 105), Roys, Obameyang.
Penaltilar seriyasi:
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3.
Ogohlantirishlar: Riberi (39), Kastro (39), Kimmix (42), Vidal (47), Hummels (74), Papastatopulos (99), Myuller (109).

Top