09:38 / 22.05.2016
4440

Vetnamda avtobuslar to‘qnashuvi kamida 12 kishini hayotdan olib ketdi

Vetnamning janubi-sharqiy qismida ikki avtobus hamda yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Bintxuan provinsiyasida shaharlararo harakatlanuvchi ikkita avtobus to‘qnashib ketgach, ularga yuk mashinasi kelib urilgan. 

Avariya oqibatida avtobuslar yona boshlagan, yo‘lovchilarning ko‘pchiligi esa ichkarida qulflanib qolgan.

Top