10:06 / 23.05.2016
6052

Argentinalik futbolchi o‘yin vaqtida olingan jarohat tufayli vafot etdi

Argentinada "San Xorxe de Vilya Elisa" jamoasi futbolchisi Mikael Favre Entra viloyatining hududiy ligasi doirasidagi o‘yin vaqtida olingan jarohatlari tufayli vafot etgan. Bu haqda Todo Noticias xabar tarqatdi.

"Defensores de Kolon"ga qarshi o‘yin vaqtida raqib futbolchilaridan biri Favrening boshiga qattiq zarba bergan. Shundan so‘ng, futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv boshlangan va Favre yuziga berilgan kuchli zarba tufayli hushini yo‘qotgan. 24 yoshli futbolchini shifoxonaga olib borishgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Mushtlashuvda ishtirok etgan "Defensores de Kolon" klubining ikki futbolchisi politsiya mahkamasiga olib ketilgan.

Top