09:17 / 23.05.2016
4102

Barak Obama Vetnamga yetib keldi

AQSh prezidenti Barak Obama rasmiy tashrif bilan Vetnamga keldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Oq uy rahbari Vetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan savdo-iqtisodiy aloqalar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama etadi. 

Qayd etish joiz, Obama, AQShning Vetnam bilan munosabatlari normallashganidan so‘ng, Amerikaning ushbu davlatga tashrif buyurayotgan uchinchi prezidentidir.

Top