09:44 / 23.05.2016
3047

«Braga» finalda «Portu»ni mag‘lub etib, 50 yilda ilk marta Portugaliya Kubogini qo‘lga kiritdi

«Braga» jamoasi Portugaliya Kubogi finalida «Portu» bilan kuch sinashdi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Lissabondagi Milliy stadionda kechgan o‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangach, boshlangan penaltilar seriyasida «Braga» 4:2 hisobida ustun keldi va sovringa ega chiqdi.

Shu tariqa, «Braga» o‘z tarixida ikkinchi marta Portugaliya Kubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa bundan 50 yil avval, 1966 yili birinchi sovringa ega chiqqandi.

Portugaliya Kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi jamoa «Benfika» hisoblanadi (25 marta). 

Keyingi mavsumda Paulu Fonseki boshqaruvidagi jamoa Yevropa Ligasida ishtirok etadi.

Portu (Portu) – Braga (Braga) – 2:2 (2:4)
Gollar: Fonte, 12 (0:1); Jozue, 58 (0:2); Silva, 61 (1:2); Silva, 90+1 (2:2).
Ogohlantirishlar: Silva, 87 – Pintu, 87; Marafona, 102; Mauro, 114.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top