18:54 / 23.05.2016
36627

Instagram’ning zaif nuqtasi orqali akkauntni buzib kirish mumkin

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Arne Svinnen Instagram tarmog‘ining zaif nuqtasini aniqladi. Mazkur zaif nuqta orqali ijtimoiy tarmoqning taxminan 20 milliontaga teng 4 foiz profillarini buzib ochish mumkin. Bu haqda maslahatchi o‘z blogida ma'lum qildi

Xavfsizlik muammosi akkauntlarni vaqtinchalik bloklash tizimiga borib taqaladi. Svinnen akkauntlarning verifikatsiya shakli farq qilishi va ularning ayrimlari zaif nuqtaga ega ekanini aniqladi. Bu esa yomon niyatli xakerlarga akkauntlarni buzib kirish uchun zamin yaratadi.  

Mutaxassisning aytishicha, shunchaki sahifaga biriktirilgan telefon raqamni o‘zgartirish ko‘magida 39 ming akkauntni buzib kirish mumkin. SMS orqali parolni o‘zgartirish funksiyasi yordamida begona akkauntni to‘liq boshqarish mumkin. 

Shu bilan birga Arne Svinnen 1700 foydalanuvchining elektron pochtasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Top