21:13 / 23.05.2016
11968

Islom Karimov Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 23 may kuni Oqsaroyda mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Xitoy TIV rahbari ShHT doirasidagi tadbirlar hamda XXR Raisining davlat tashrifini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti 23 may kuni Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston mamlakatlar o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi barqaror va ishonchli hamkorlikni yuksak qadrlashini ta'kidladi.

Tomonlar O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Xitoyning ishtiroki va O‘zbekiston-Xitoyning o‘zaro hamkorligiga doir boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning mamlakatimizga bo‘lajak davlat tashrifi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishi ta'kidlandi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘plagan. 2015 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investitsiyasi hajmi 6,5 milliard dollardan oshdi. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan 651 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, bir qancha muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan.

Top