08:58 / 23.05.2016
3361

Saudiya Arabistoni IIV «Ekstremizmga qarshi karikatura» tanlovini e'lon qildi

Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi mamlakatda ekstremizmga qarshi kurashning noyob usulini o‘ylab topdi. Vazirlik «Ekstremizmga qarshi karikatura» tanlovini e'lon qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Ushbu milliy tanlovda professional karikaturachilar bilan birga mamlakatning istalgan hududida istiqomat qiluvchi va karikatura chizish hobbisi bo‘lgan har qanday kishi qatnashishi mumkin. Uni o‘tkazishdan maqsad, ekstremistik g‘oyaning xavfli ekanini keng ommaga bildirishdir», — degan vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh direktori Muhammad bin Abdulloh al-Marul.

Uning qayd etishicha, mazkur tanlov Saudiya Arabistoni karikaturachilar va multiplikatorlari jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Top