14:01 / 23.05.2016
9556

Semizlikning eng katta xavfi aniqlandi

Finlyandiya molekulyar tibbiyot institutidagi Taru Tukiaynen boshchiligidagi olimlar guruhi semizlik tananing turli to‘qima va organlaridagi genlar faolligining o‘zgarishiga olib kelishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari har yili bo‘lib o‘tadigan Yevropaning inson genetikasi jamiyati konferensiyasida namoyish etildi.

Tadqiqotchilar semizlikdan aziyat chekuvchi bemorlar hamda sog‘lom kishilarning miya hujayralari va ichki organlaridagi 44 xil to‘qima tipini tanlab olishdi. Olimlarning maqsadi gen ekspressiyasi va tana indeksi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash bo‘lgan. Olimlar semizlikda barcha turdagi to‘qimalarda genda o‘zgarishlar kuzatilishini aniqlashdi. 

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ixtirosi tana massasining muntazam o‘sishi surunkali yallig‘lanishni o‘z ichiga olgan tizimli kasallik ekanligiga isbot bo‘la oladi. Shunisi qiziqki, ba'zi to‘qimalar boshqa to‘qimalar bilan birgalikda harakat qiladi, ular bir-birini to‘ldiradi yoki aksincha ularning funksiyasini ishdan chiqaradi. Masalan, yog‘ to‘qimalari va buyrakusti bezi ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi gormonlarni ishlab chiqaradi hamda metabolik faolligini kamaytirib yoki ko‘paytirib, massadagi o‘zgarishlarga qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatadi.

Shuningdek olimlar ortiqcha vazn ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik qilishini aniqlashdi. Tana indeksining oshishi oshqozon-ichak traktining turli qismlarida Kron kasalligiga doir genlar faolligining o‘zgarishi bilan bog‘liq. 

Semizlik bilan kurashishning eng samarli yo‘li - sog‘lom hayot tarziga butun umr rioya qilib yashash qiyin. Aynan shu sabab olimlar inson organizmidagi biologik jarayonlarni samarali boshqarish usullarini izlashmoqda.

Top