14:16 / 23.05.2016
3690

O‘zbekistondagi Ozarbayjon elchixonasida Respublika kuni nishonlandi

Toshkentdagi yirik mehmonxonalardan birida o‘tkazilgan qabulda davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari, elchixona rahbarlari va O‘zbekistondan akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa xorijiy vakillar, shuningdek, OAV hamda Ozarbayjon diasporasi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston hukumati nomidan bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov qatnashdi.

Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Gusen Guliyev mamlakat BMT a'zosi,  Betaraflik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida jahonda o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta'kidladi.

Guliyev Ozarbayjon va O‘zbekiston munosabatlariga to‘xtalar ekan, o‘zaro hamkorlik dinamik ko‘rinishda, samarali va  strategik tamoyillarga asoslangan holda davom etayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida ikki tomon hamkorligini izchili yoritib borayotgan o‘zbekistonlik jurnalist va tarjimonlar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Top