18:07 / 24.05.2016
5087

2016 yil O‘zbekistonda 470 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlaydi

2016 yil O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarini 476 ming maktab o‘quvchisi tamomlaydi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkich 2015 yilda 483 ming, 2014 yilda esa 501 ming nafarni tashkil etgan edi.

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» 25 may kuni maktablarning ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi. Ma'lum qilinishicha, bitiruv oqshomlarini o‘tkazish, imtihonlar, maktab rahbarlari hamda o‘qituvchilar uchun pul yig‘imlari tashkillashtirish taqiqlanadi.

Top