14:01 / 24.05.2016
2437

Yamandagi universitetda terakt yuz berishi tufayli 3 kishi halok bo‘ldi

Yamanning Sano shahridagi universitetda qo‘lbola bomba orqali terakt amalga oshirilishi oqibatida kamida 3 kishi kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda  Sky News Arabia telekanali xabar tarqatgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, portlash adabiyot fakulteti hududida husiychilar tomonidan tashkil etilgan marosim vaqtida yuz bergan.

Ayni vaqtda bu portlash uchun javobgarlikni hech bir tomon o‘z zimmasiga olmadi.

Yamanda bir tomonida sobiq prezident Abdulla Salohning tarafdorlari hamda shialar (husiychilar), ikkinchi tomonida mamlakatning amaldagi prezidenti Abd Rabbo boshliq sunniylar turgan tomonlar o‘rtasida nizolar 2014 yilning avgustida boshlangandi. Lekin 2015 yilning 26 martida qonuniy hukumatni qo‘llash maqsadida Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy amaliyotlar boshlagach vaziyat yanada murakkablashdi.BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 6,4 ming kishi qurolli to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lgan va 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Sano isyonchilar qo‘lida qolmoqda. Arab koalitsiyasi 2015 yilning aprelida mamlakat janubidagi port shahar Adandan isyonchilarni quvib chiqargach, bu shaharga Abd Rabbo hukumati joylashgan va shahar Yamanning vaqtinchalik poytaxtiga aylangan.

Top