14:23 / 24.05.2016
3128

Bavariya mahalliy hukumati muhojirlarni politsiyaga qabul qilish niyatida

Bavariya federal yerligi hokimiyati muhojirlarni huquq-tartibot idoralariga ishga qabul qilish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘ra boshladi, deb yozmoqda Münchener Merkur.

Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Hermanning ishonch bildirishicha, bu mintaqadagi jinoyatlarni fosh etishda qo‘l keladi. Chunki politsiyachilar jamoat turar-joylarida istiqomat qiladigan muhojirlar bilan ularning ona-tilida gaplasha oladi. 

Bavariya hukumatining qayd etishicha, muhojirlar nemis politsiyasiga kirish uchun Germaniya pasporti va fuqaroligiga ega bo‘lishlari shart emas. 23 yil davomida mintaqa politsiyasi safiga 159 nafar GFR fuqaroligiga ega bo‘lmagan kishi qabul qilingan. Ular 19 davlat vakillari bo‘lib, asosan, Turkiya fuqarolaridir.

Top