13:47 / 24.05.2016
7357

Dunyoning eng keksa begemoti o‘lib qoldi

Ukrainada dunyoning eng keksa begemoti jon berdi. Kiyev hayvonot bog‘ida Bresta laqabli ayol-begemot osuda uxlab yotgan paytida jon taslim qilgan. 

“U 58 yil bizga quvonch va mehr ulashdi. Bresta dunyodagi eng qari begemot edi”, - deya ma'lum qildi hayvonot bog‘i ma'muriyati. 

Bresta Myunxen hayvonot bog‘ida dunyoga kelgan. U yerdan Leningradga keltirilgan. 1973 yili esa Kiyev hayvonot bog‘iga ko‘chgan.

Top