22:22 / 24.05.2016
7339

Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi o‘z ishiga o‘zgartirish kiritdi 

Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi o‘z ishiga o‘zgartirish kiritdi. Elchixona 20 iyundan vizaga hujjatlar topshirish uchun viza bo‘limiga tashrif buyuruvchilarni yozishga mo‘ljallangan telefon xizmati markazi ochmoqda. 

"Bu yangi tartibot elchixonaning viza olishga ariza beruvchilarga axborotning sifati va uni olishni yaxlishash, viza bo‘limida yaxshiroq qabulni  ta'minlashga intilishiga javob beradi. Qabul uchun yozilish masalalari bilan TLS Contact shug‘ullanadi", deyilmoqda elchixona xabarida.

20 iyungacha viza bo‘limiga kelish tartibi o‘zgarishsiz qoladi: tashrif buyuruvchilar dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 12:00 gacha avvaldan yozilmagan holda qabul qilinadilar.

Elchixonaning ta'kidlashicha, TLS Contact kompaniyasi haqida ma'lumotlar va qabulga yozilishning autsorsing tizimini tatbiq qilish borasidagi qo‘shimcha ma'lumotlar  keyinroq ma'lum qilinadi.

Top