21:05 / 25.05.2016
6556

Amerikaliklar gaz ballonlari orqali ozishni tavsiya etishmoqda

Semizlik xastaligiga chalingan insonlar tana vaznini nazorat qilish uchun gaz to‘ldirilgan ballonlarni yutishi tavsiya etiladi.

Jorj Vashington universitetining tibbiyot maktabi (Sent-Luis shahri, Missuri shtati) shifokori Shelbi Sallivan mazkur mavzuga qaratilgan ma'ruzasini San-Diyegodagi oshqozon kasalliklariga bag‘ishlanggan an'anaviy haftalikda taqdim etdi. Bu haqida EurekAlert nashri xabar beradi.

Olimlar tomonidan taqdim etilgan tizim yordamida TVI (tana vazni indeksi)ga ega insonlar yarim yil ichida tana vaznining deyarli yetti foiziga yaqinidan xalos bo‘lishga erishishdi. Shuningdek, bemorlarda qon bosimi va xolesterin miqdori ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi. 

Olimlar fikriga ko‘ra, gazga to‘ldirilgan havo sharlaridan foydalanish bemorlarga tana og‘irligining yarmidan xalos bo‘lishga yordam beradi. Amerikalik shifokor o‘tkazgan tadqiqot 387 nafar bemorni (ular orasiga nazorat guruhi ham kiradi) kuzatishga asoslandi. 

Yarim yil mobaynida ishtirokchilarga bir kapsuladan uch haftada bir marotaba yutish tavsiya qilingan. Bu obektlar keyinroq maxsus kateter orqali gazli azotlar (250 santimetr hajmidagi)ga to‘ldirildi. Nazorat guruhidagi kishilar esa shakarga to‘ldirilgan kapsulalarni yutishdi. Ishtirokchilarga qanday kapsulalar berilgani oshkor etilmadi. 

Gazli sharlardan foydalangan ishtirokchilar o‘rtacha hisobda 6,81 foizga vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘lishdi. Nazorat guruhidagilar esa  3,59 foizgagina ozishdi. Maqsadli guruhda jami ozganlar soni nazorat guruhidagilarga nisbatan ikki marotaba ko‘proq bo‘ldi. 

Top