16:55 / 25.05.2016
3469

Buxoro viloyati pillakorlari joriy mavsumda 3 ming 100 tonna qimmatbaho xomashyo yetishtirdi

Buxoro viloyati pillakorlari joriy mavsumda 3 ming 100 tonna qimmatbaho xomashyo yetishtirib, belgilangan rejani ortig‘i bilan bajardi.

 Hosilni qayta ishlovchilar tomonidan ipak qurti boquvchilarga mavsum davomida 9 milliard 400 million so‘mlik bo‘nak puli berildi. Bundan tashqari, shartnomada ko‘zda tutilganidek, rejadan tashqari yetishtirilgan har kilogramm hosil uchun qo‘shimcha 10 ming so‘mdan naqd pul to‘landi.

Viloyatda har quti ipak qurti urug‘idan o‘rtacha 59,2 kilogrammdan hosil olindi. Ayrim pillachilik zvenolarida bu ko‘rsatkich 65-75 kilogrammni tashkil etdi.

Top