15:36 / 25.05.2016
16400

Florentsiya markazida yer o‘pirilgani tufayli o‘nlab avtomobillarga ziyon yetdi

Italiyada Florentsiya markazidagi daryo qirg‘og‘ida yer o‘pirilgani bois o‘nlab avtomobillarga zarar yetdi, deb xabar beradi  Ansa.

Sohil bo‘yidagi avtomobillar yo‘lakchasida turgan 20tacha mashina 200 metrli chuqurlikka tushib ketgan.

Voqea erta tongda ro‘y bergan. Sayyohlar va mahalliy aholi orasida hech kim jabr ko‘rmagan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yer o‘pirilishining sababi suv quvurining buzilishida bo‘lgan.

Top