11:47 / 25.05.2016
5947

Xitoyning Huawei kompaniyasi Samsung'ni sudga berdi

Xitoy texnologik giganti Huawei Samsung kompaniyasini mobil qurilmalar uchun simsiz aloqa texnologiyasiga nisbatan mualliflik huquqining buzilishida ayblab sudga berdi. Bu haqida Sina axborot portali ma'lum qildi.  

AQShning Kaliforniya shtati federal sudiga topshirilgan da'vo arizasiga binoan "Samsung va uning tarkibidagi kompaniyalar Huawei texnologiyasi qo‘llangan mobil qurilmalarni sotib, milliardlab dollar ishlab olgan".

Xitoy kompaniyasi da'vo arizasida "patentga nisbatan mualliflik huquqining buzilishi munosabati bilan Huawei kompaniyasiga yetkazilgan zararni qoplash uchun tovon puli to‘lashni talab qildi", deya xabar beradi portal.

Top