14:55 / 25.05.2016
3847

Reuters: Ukraina rossiyalik harbiy asirlar Yerofeyev va Aleksandrovni afv etdi

Ukraina hukumati Rossiya Federatsiyasi Bosh razvedka boshqarmasining 2015 yilning mayida Donbassda ukrain harbiylari tomonidan asirga olingan jangchilari serjant Aleksandr Aleksandrov va kapitan Yevgeniy Yerofeyevni afv etgan va ularni almashtirish jarayonini boshlagan. Bu haqda Reuters agentligi vaziyat bilan tanish manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiyada asirlikda bo‘lgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni almashtirish jarayonida ishtirok etish uchun Rostovga uchishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Savchenkoning Ukrainaga qaytarilishi ikki davlat o‘rtasida jismoniy shaxsning jazoni o‘tash uchun ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Top