17:59 / 25.05.2016
3706

«Tesla»lar avtopilotda 160 mln kilometr bosib o‘tdi

Tesla kompaniyasining avtonom boshqaruv tizimiga ega avtomobillari avtopilot yordamida 160 million kilometrni ortda qoldirgan. Kompaniyaning avtonom boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha direktori Stirling Andreson San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tayotgan EmTech Digital anjumanida shunday ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashgan, deb xabar qilmoqda The Verge.

Tesla bosh menejyerining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya elektromobillari bir kunda avtopilot bilan 4 mln kilometr yuradi. Shunday qilib, aytish mumkinki, avtonom boshqaruv tizimiga ega 70 ming mashinaning har biri kuniga salkam 60 kilometrni haydovchi ishtirokisiz bosib o‘tadi. 

Ammo Andresonning qayd etishicha, haydovchi avtopilotdan, kutilmagan holat vujudga kelganda boshqaruvni o‘z qo‘liga olish imkoni bo‘lganida foydalanishi lozim. 

Mazkur boshqaruv tizimlari, Teslalarda o‘tgan yilning oktabridan paydo bo‘ldi. Kompaniya avtopilotlari, mashinani bir yo‘lakda saqlash, harakatlanish tezligini o‘zgartirish, haydovchi qayrilish signalini ishga tushirganda, mustaqil ravishda buyruqni amalga oshirish hamda to‘xtash joyini topib, joyni egallash imkoniga ega. 

Tesla’ning yangi dasturiy ta'minoti chiqqach, kompaniya rahbariyati yo‘ldagi har qanday vaziyat uchun mas'uliyat baribir haydovchiga tushishi haqida bayonot berdi.

Top