16:44 / 25.05.2016
7155

«Toshshahartransxizmat» avtobuslarda konditsionerlar o‘rnatilmasligini ma'lum qildi

Kelayotgan yoz mavsumida «Toshshahartransxizmat» shahar jamoat transportida konditsionerlar o‘rnatishni rejalashtirmayapti

Shuningdek kompaniya yaqin kunlarda konditsioner o‘rnatilgan tayyor avtobuslarni sotib olishni ham rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Kompaniya issiq harorat bilan kurashish uchun salonlarda deraza oynalari va shift lyuklaridan foydalanish mumkinligini eslatib o‘tdi.

O‘tgan yili ham kompaniya avtobuslarda konditsioner o‘rnatish to‘g‘risidagi savolga rad javobini bergan edi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, konditsioner tizimi o‘rnatilgan avtobuslarning yuqori qiymati va ularga keyinchalik texnik xizmat ko‘rsatish sabab hozircha bunday avtobuslarni sotib olishning imkoni yo‘q.

Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, yo‘lovchilarni tashish shundoq ham cheklangan tarifga asoslanadi - bir yo‘lovchini tashish narxi belgilangan tarifdan 15 foiz yuqorini tashkil qiladi. Imtiyozli yo‘lovchi kartochkalari hamda tarnsportda bepul  yurish huquqiga ega fuqarolarning 7 toifasini hisobga olganda, yo‘lovchilarni tashish - zararga faoliyat ko‘rsatadigan ish hisoblanadi.

Top