11:01 / 26.05.2016
3521

Fransiya parlamenti terrorizmga qarshi yangi qonunni qabul qildi

Fransiya hukumati terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qonunchiligini mustahkamlamoqda. Huquq-tartibot idoralari vakolatlari va shubhali shaxslarni kuzatish hamda ta'qib qilishni kengaytiruvchi yangi qonun mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlandi. 

Yangi qonunchilik talablariga ko‘ra, tergov organlari, jumladan, xususiy uylarda tunggi vaqtda ham tintuv o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishdi. Bundan avval, faqatgina kunduzi tintuv olib borishga ruxsat etilardi. Bundan tashqari, elektron ta'qib qilish uchun texnik uskunalar xarid qilinadi, terakt yoki ko‘rolmaslik mazmunida chaqiriqlarni e'lon qilgan shaxslar va saytlarni kuzatish ishlari kuchaytiriladi. 

Yangi talablar, 2015 yil 13 noyabri voqealaridan so‘ng joriy qilingan favqulodda holat tartibi muddati poyoniga yetgach, kuchga kiradi. U 26 may kuni bekor qilinishi taxmin qilingan edi. 

Biroq ushbu oy boshlarida mamlakat hukumati futbol bo‘yicha Yevropa chempionati va "Tur de Frans" velepoygasini eng yuqori saviyada hamda xavfsiz o‘tishini ta'minlash maqsadida favqulodda holatning amal qilish muddatini uzaytirishni taklif qilgan edi. Shunday qilib, bu tartib iyul oyi oxirigacha o‘z kuchida qoladi.

Top