19:55 / 26.05.2016
7944

Xitoyda morj bilan selfiga tushish vaqtida ikki kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Veyxay shahri hayvonot bog‘ida bir kishi morj bilan selfiga tushmoqchi bo‘lganda cho‘kib ketdi. Bu haqda Shanghaiist xabar bermoqda. Cho‘kayotgan tashrif buyuruvchini qutqarishga harakat qilgan bog‘ xodimi ham cho‘kib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, selfiga tushmoqchi bo‘lgan erkak Tszya familiyali tadbirkor bo‘lgan hamda yirik morj bilan foto va videoga tushib, olingan fayllarni mobil dasturda joylashtirib yurgan. Qandaydir onda morj Tszyani changallab olib, o‘zi bilan basseynga tortib ketgan. 

Morjga 10 yildan beri qarab yurgan hayvonot bog‘i xodimi tadbirkorni qutqarmoqchi bo‘lib basseynga sakragan. Taxmin qilinishicha, morj odamlar bilan o‘ynamoqchi bo‘lgani sababli ular vafot etishgan.

Hayvonot bog‘i noxush voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va Tszyaning yaqinlariga 900 ming yuan tovon puli to‘ladi.

Top