11:44 / 26.05.2016
4299

XVJ rahbari: Markaziy Osiyo Yevropa va Xitoy o‘rtasidagi ko‘prikdir

Qozog‘iston hukumati tomonidan ko‘rilayotgan choralar va tengening suzuvchi kursi joriy qilinishi, mamlakat iqtisodiyotini, xomashyo narxlarining arzonlashuvi hamda qo‘shni mamlakatlar taraqqiyot sur'atlarining pasayishidan himoya qilishda qo‘l kelmoqda. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard Qozog‘istonga tashrifi so‘nggida shunday fikrlarni bildirib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda mamlakat iqtisodiy siyosatni modernizatsiya qilish, yanada ta'sirchan va shaffof moliya institutlarini tashkil etish hamda mintaqaviy va global bozorlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha jiddiy ishlarni amalga oshirishi lozim. 

Lagard Ostonaga tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, hukumat a'zolari, mintaqaning boshqa mamlakatlari yuqori lavozimli vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Markaziy Osiyo Yevropani Xitoy bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan.

Top