19:34 / 26.05.2016
3386

Navoiy viloyatida 12 ming 953 nafar yosh mutaxassis kasb-hunar kollejlarini bitirmoqda

Navoiy viloyatida bitiruvchi yoshlar bandligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Joriy o‘quv yilida 12 ming 953 nafar yosh mutaxassis kasb-hunar kollejlarini bitirmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Bitiruvchilarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularda ishbilarmonlik qobiliyatini shakllantirish, yoshlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta'lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari faoliyati yanada samarali bo‘lmoqda. Xususan, viloyatda joriy yilda bitiruvchi yoshlarning 1 ming 670 nafari o‘z biznes loyihasini amalga oshirish maqsadida imtiyozli bank kreditlari olish istagini bildirgan.

Top