14:13 / 26.05.2016
4392

Tojikistonda milliy bayroqlarni import qilish taqiqlandi

Tojikistonga Xitoyda va Turkiyada tikilgan Tojikiston davlat bayroqlarini import mahsulotlar sifatida olib kirish taqiqlandi. Bunga import bayroqlarda oltin toj tasviri xato tasvirlanayotgani sabab bo‘ldi.

"Tojikstandart" davlat korxonasidagi amaldorning ma'lum qilishicha, endi milliy bayroqlar faqat mamlakat ichida tikiladi.

Hukumat ichki bozordan import mahsulotlar sifatida keltirilgan bayroqlarni olib tashlamoqda.

Amaldor nega shu vaqtgacha nuqsonli bayroqlar sotilishiga ruxsat berib kelganiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd etish kerakki, Dushanbe shahri markazida 165 metrlik flagshtokka o‘rnatilgan bayroqda ham aynan shunday kamchilik mavjud.

Poytaxt markaziga o‘rnatilgan bu bayroqda ham oltin toj va uning tepa qismidagi 7ta yulduz tasvirlangan.

Top