18:58 / 26.05.2016
7456

Vinni-Pux ilk marotaba Yelizaveta II bilan uchrashdi

Ayiqcha Vinni-Pux birinchi marta Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashdi, deb xabar beradi Sky News. Ularning uchrashuvi haqida yangi «Vinni-Pux va qirollik tug‘ilgan kuni» kitobi hikoya qiladi. 

2016 yilda ertak qahramoni ham, qirolicha ham 90 yoshli yubileyini nishonladi. Kitob mana shu ahamiyatli voqealar sharafiga bosma hamda audioformatda chiqarildi. Ovoz yozish ishlarida «Oskar» mukofoti sohibi Jim Brodbent ham ishtirok etdi. 

Hikoyada Vinni-Pux Kristofer Robin, Puchuqvoy va Ia-Ia bilan qirolichaga maxsus sovg‘a berish maqsadida Bukingem saroyiga yo‘l oladi. Qahramonlar qirolicha Yelizaveta II ni saroyda sayr qilayotgan payti tasodifan uchratib qolishadi. 

Qayd etilishicha, bolalik chog‘ida bo‘lajak qirolicha Vinni-Pux haqidagi ertaklarni yaxshi ko‘rgan. Ayiqcha va uning do‘stlari haqidagi original hikoya muallifi Alan Aleksandr Miln hisoblanadi. Yangi hikoyani esa Jyeyn Riordan yozgan, deb ma'lum qiladi The Mirror.

Top