22:01 / 27.05.2016
4672

Yevrokomissiya Turkiya bilan vizasiz tartib bo‘yicha taraqqiyot borligini qayd qildi

Yevrokomissiya vitse-prezidenti Frans Timmermans Yevropa Ittifoqi va Turkiya turklar uchun vizasiz tartib taqdim qilish shartlari bo‘yicha sermahsul muzokaralar o‘tkazganini qayd qilib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Timmermansning aytishicha, Yevropa Ittifoqi ekspertlari keyingi haftada bu yo‘ldagi oxirgi to‘siqlarni bartaraf etish ustida ish olib borish uchun Anqaraga tashrif buyurishadi.

"Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu va YeI ishlari bo‘yicha vaziri Umar Chelik bilan muzokaralardan keyin ular viza tartibini erkinlashtirish yo‘lida qolgan oxirgi to‘siqlarni yengib o‘tishda qat'iyatlikka ega ekanliklari tushunarli bo‘ldi" deb aytdi Timmermans.

Top