08:45 / 27.05.2016
4729

FA Angliya Kubogi chorak finalida takroriy o‘yinlar o‘tkazilishini bekor qildi

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Angliya Kubogining chorak final bosqichida durang qayd etilgan taqdirda o‘yinni qaytadan o‘tkazish g‘oyasidan voz kechdi

Bundan buyon turnirning chorak final bahsi durang bilan tugasa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi va unda «oltin gol» qoidasi amalda bo‘ladi. Hal qiluvchi gol urilmasa, penaltilar seriyasi boshlanadi. 

Ma'lumot uchun, 1991 yilga qadar Angliya Kubogining barcha bosqichlarida g‘olib nomi aniqlanmaguncha o‘yinlar takroran o‘tkazilgan. Keyinchalik esa takroriy o‘yinni faqat bir marta o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan.

Top