20:48 / 27.05.2016
5053

Qozog‘istonda jurnalistlar huquqini hurmat qilishga chaqirildi

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi rahbari Kalmuxanbet Kasimov jurnalistlar huquqlarini hurmat qilishga undovchi buyruq chiqardi. Bu haqda 27 may kuni Respublika IIV davlat til va informatsiya departamenti direktori Almas Sadubayev ma'lum qilgan.

Uning ma'lum qilishicha, 21 may kuni politsiyaga ruxsat etilmagan aksiya ishtirokchilari va tashkilotchilari keltirilgan.

"Ular bilan birga OAV vakillari ham qo‘lga olinib, olib kelingan. Keyinroq ular qo‘yib yuborilgan. Qozog‘iston IIV rahbari mazkur ish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, jurnalistlarning o‘z vazifalarini ado etishlari uchun ularning huquqlariga hurmat bilan qarash lozimligini ta'kidladi va shunga monand kerakli buyruq imzoladi”, — dedi Sadubayev.

Sadubayevning aytishicha, avvalambor, OAV vakili bunday tadbirlarga jurnalist yoki fuqaro sifatida borayotganini anglab yetishi kerak. Ommaviy tadbirlarda jurnalist va fuqaro huquqlari har xil bo‘ladi.

"Ommaviy aksiyalarda ishtirok etayotgan jurnalistlarda maxsus guvohnomalar, beydjiklar yoki OAV belgisini anglatib turuvchi hujjatlar bo‘lishi kerak", — deb o‘tgan departament direktori.

Top