15:22 / 27.05.2016
6554

Meksika bo‘g‘ozidagi fojiaga atab ishlangan filmning ilk treyleri namoyish etildi

Meksika bo‘g‘ozidagi fojiaga atab ishlangan “Dengizdagi ufq” filmining ilk treyleri namoyish etildi. Kartinada Mark Uolberg, Keyt Xadson, Kurt Rassel, Dilan O'Brayyen, Jon Malkovichlar suratga tushdi.

Film bo‘lib o‘tgan voqea asosida suratga tushirilgan. 2010 yilning aprelida Meksika bo‘g‘ozidagi BP neft platformasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 5 mln. barrel neft ochiq dengizga oqib ketgan edi.

Kartinani Lionsgate kinokompaniyasi suratga tushirgan. Rejissyor – Piter Berg. “Dengizdagi ufq” 2016 yilning 30 sentabrida AQSh kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Top