11:35 / 27.05.2016
4529

Miyaga yaxshi qon bormasligi sabab Tailand qirolichasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Tailand qirolichasi bosh miyaga yetarli miqdorda qon yetib bormasligi tufayli Bangkokdagi Sirirat shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda tailand qirollik saroyi Byurosi ma'lum qilgan.

"Hazrati oliyalari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasi ularda bosh miyaga yetarli miqdorda qon yetib bormasligi holati saqlanib qolganini, ammo  2012 yildan buyon ularning salomatligida salbiy natijalar qayd etilmaganini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi tibbiy hujjatda.

Qirolicha Sirikit ayni damda 83 yoshda. U 88 yashar turmush o‘rtog‘i qirol Pxumipxon Adul'yadet bilan bir necha yillardan buyon Siriratdagi maxsus kasalxonada, shifokorlar nazorati ostida umr kechirib keladi.

Top