10:13 / 27.05.2016
5422

OAVda Janubiy Koreya floti KXDR kemalarini o‘qqa tutgani xabar qilindi

Janubiy Koreya floti 27 may kuni mamlakat suvlari hududini kesib o‘tganlikda ayblab shimol koreyslarining 2ta kemasiga qarata o‘q uzgan.

The Washington Times gazetasining Tinch birlashuv qo‘mitasidagi Janubiy Koreya vakilining ma'lumotiga ko‘ra, chegarani baliq ovlovchi va patrul kemalari kesib o‘tgan.

KXDR kemalari Sariq dengiz hududida KXDR va Koreya Respublikasini bir-biridan ajratib turuvchi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgani aytilgan.

Shundan so‘ng, mahalliy vaqt bilan soat 7:30da ogohlantiruvchi o‘qlar uzilgan.

Top