08:10 / 27.05.2016
4094

Oppo buklanuvchi ekranli smartfon prototipini taqdim etdi

Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi Oppo kompaniyasi ingichka displeyli gadjyetlar yaratishga kirishib ketdi. Kompaniya yopiq taqdimotda moslashuvchan displeyli buklanuvchi smartfon prototipini namoyish etdi. Uning diagonali 7 dyuymdan oshadi. 

Ma'lum bo‘lishicha, qurilmani ishlab chiqarish ishlari 2015 yilning avgustida boshlangan bo‘lib, joriy yilning fevral oyida dasturchilar to‘liq funksiyalashtirilgan prototipni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Yangi smartfonning asosiy hususiyatlari hozircha oshkor etilmagan. Faqatgina uning Android operatsion tizimida ishlashi va 5 daqiqa ichida akkumulyator zaryadini 3 foizdan 57 foizgacha to‘ldirib beruvchi  zaryadkaga egaligi ma'lum. Namoyish etilgan bukiluvchan qurilmani to‘liq tijorat mahsuloti sifatida sotuvga chiqish sanasi ham aytilmagan. 

2017 yilda Koreyaning Samsung kompaniyasi shunga o‘xshash smartfonni ishlab chiqarishi kutilmoqda, biroq bu borada kompaniya birinchi bo‘la oladimi, yo‘qmi, hozircha noma'lum.

Top