08:27 / 27.05.2016
15456

Pele o‘z talqini bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi 5 nafar futbolchi nomini aytdi

Dunyo futboli afsonasi Pele o‘z talqini bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi 5 nafar futbolchi nomini keltirib o‘tdi. 

"Futbol tarixidagi eng yaxshi besh o‘yinchimi? Murakkab savol. Birinchidan, Di Stefano, Kroyff, Bekkenbaer, Bobbi Charlton, Maradona va hozir Messi.

Leoni hammadan ko‘proq yaxshi ko‘raman, u mukammal o‘yinchi. Messi eng sevimli futbolchim, biroq Krishtianu Ronaldu va Neymar ham buyuk futbolchilar.

Ularning har birida o‘z o‘yin uslubi bor, buning ustiga hozirda futbol o‘zgacha. Hozirda ko‘proq yopiq, himoyakor uslubda o‘ynashadi. Barcha jamoalar taktik tomondan juda yaxshi tayyorlangan. 

Italiyalik futbolchilardan kimni eng yaxshi hisoblayman? Mening vaqtimda ikki nafar Matstsola bo‘lgan, chunki biz, braziliyaliklar uchun Altafini ham "Matstsola" bo‘lgan. Paolo Maldini ham yaxshi futbolchi bo‘lgan.

Shuningdek, Franchesko Totti ham juda yaxshi o‘yinchi, fikrimcha, u hozir dunyoda eng ko‘p taniluvchi futbolchi. Uni Italiya Pelesi deyish mumkin", deb aytdi "futbol qiroli".

Top