11:41 / 27.05.2016
28959

Sherali Jo‘rayev: “Ular oshiqlikni mandan o‘rgansin!”

Ko‘z yetmagan ellarda,
O‘xshashi bor gullarda,
Kokillari bellarda.
Izlaganim Parijon,
Noming doim tillarda.... 

O‘zbekiston Xalq artisti Sherali Jo‘rayevning ana shu misralar bilan boshlanuvchi, ko‘pchilikka manzur bo‘lgan “Parijon” nomli qo‘shig‘iga klipmeyker Shuhrat Mavlonov bilan bilan hamkorlikda klip suratga olindi.  

“Parijon” qo‘shig‘ining musiqasi va she'ri Sherali Jo‘rayevga tegishli. 

Qolaversa, klip g‘oyasining yaratilishida ham Sherali Jo‘rayevning hissasi bor. Tasvirga olish ishlari Ohangaron va Angren tog‘larida bo‘lib o‘tib, unda “chayka” avtomobilini boshqarayotgan holda xayolga cho‘mgan artistni mutlaqo yangi obraz, yangi klassik imijda ko‘rish mumkin.

Xonandaning ma'muri aytishiga qaraganda, klip hali internet saytlarida taqdim etilishidan avval, yashirin savdo orqali tarqalishga ulgurgan.

Top