11:33 / 27.05.2016
4317

Tokiodagi aeroportdagi koreyaliklar samolyotida yong‘in chiqdi

Tokio shahridagi Xaneda aeroportida Koreyaning Korean Air aviakompaniyasiga tegishli samolyotda yong‘in chiqishi oqibatida 300 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda NHK xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, samolyot uchishga tayyorlanayotgan vaqtda motorida tutun chiqqan. Layner Seulga reysni amalga oshirayotgandi.

Voqea hududiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, yong‘inni bartaraf etishgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top