17:40 / 27.05.2016
5822

JAR parlamenti oq tanlilardan yerlarni tortib olishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi

JAR parlamenti jamiyat manfaati yo‘lida yerga egalik qilish imkonini beruvchi qonun loyihasini tasdiqladi.

Afrika milliy kongress partiyasining fikricha, yangi qonun o‘tgan asrda joriy qilingan adolatsizlikni bartaraf etishga imkon yaratadi. Xususan, qonun yer islohotlarini tezlashtirish imkonini beradi hamda resurslarga teng huquq bilan ta'minlaydi. Afrika milliy kongressi aparteid rejimi tugatilishi bilan mamlakatning qora tanli kishilari o‘tmishda oq tanlilar tasarrufida bo‘lgan yerlarning atigi 10 foiziga egalik qilishga muvaffaq bo‘lishganini ma'lum qilishdi. 

Muxolifatdagi Demokratik alyans qonunga qarshi ovoz berdi.

Endi yangi qonun kuchga kirishi uchun uni JAR prezidenti Jyeykob Zuma imzolashi shart. Bunga esa haftalar yoki oylar kerak bo‘ladi.

Yer haqidagi 1913 yilgi qonunga ko‘ra, qora tanlilarda mamlakatdagi yerlarning 13 foizigina qoldirilgandi. Aparteid rejimi bartaraf etilganidan 22 yil o‘tib oq tanlilardan yana 10 foiz yer ekspropriatsiya (tortib olish) qilingandi. 

Top