08:29 / 28.05.2016
6118

Ajoyib avtonomiyaga ega ASUS ZenBeam E1 ko‘chma proyektori

ASUS kompaniyasi 110x83x29 mm hajmli metall korpusga ega ZenBeam E1ko‘chma proyektori ishlab chiqarilishi haqida ma'lum qildi. Proyektorda 6000 mAch sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u 5 soat davomida materiallarni to‘xtovsiz aylantirib ko‘rsata oladi. Surat diagonali 120 dyuym (304.8 sm)gacha yetadi.

Mobil ZenBeam E1 150 lm yorqinlik, 3500:1 DCR kontrastlik va WVGA o‘lchamli (854x480 piksel) proyeksiyalarni amalga oshiradi. Proyektsion masofa 0.5 dan 3.7 metrgacha farq qiladi. Unda 2 vattli stereodinamika, HDMI/ MHL ulagichlari, USB Type-A porti va quloqchin uchun 3.5 millimetrli joy mavjud. 

Mazkur proyektordan uyda, idorada, anjumanlar vaqtida yoki tabiat qo‘ynidagi dam olish chog‘ida foydalanish mumkin. ASUS ZenBeam E1 ishchi kompyuterlar, noutbuklar, smartfon, planshet, o‘yin pristavkalari, eshittirish oqimi qurilmalari va ASUS Chromebit hamda ASUS VivoStick kabi kompyuter-breloklari bilan birga ishlatiladi. Yangi qurilma may oxirida 316 yevro hisobida sotuvga chiqadi.

Top