07:00 / 28.05.2016
3627

Falcon 9 raketasi Tailand sun'iy yo‘ldoshi bilan muvaffaqiyatli uchirildi

Florida shtatidagi Kanaveral burnidan Tailand sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan Falcon 9 raketa-tashuvchisi muvaffaqiyatli uchirildi. Raketa AQShning Sharqiy sohilbo‘yi vaqti bilan soat 17:39 da (Toshkent vaqti bilan 02:39 da) uchirildi, yarim soat o‘tgach esa sun'iy yo‘ldosh o‘tish orbitasiga chiqarildi.

Parvozni amalga oshirgan SpaceX kompaniyasi tvitterda ma'lum qilishicha, raketaning birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi suzib yuruvchi platformaga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi. Kompaniya raketaning quyi bosqichini ulkan platformaga boshqarish bilan uchinchi bor qo‘ndira oldi. Birinchi marta bu 9 aprelda, ikkinchi marta esa 6 mayda amalga oshirilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, raketaning AQSh vaqti bilan 26 mayga belgilangan parvozi kichik nosozlik sababli kamida bir kunga qoldirilgan edi.

Top