16:47 / 28.05.2016
5329

Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi orolga dronlarni joylashtirdi

Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi Yunsindao (Vudi, Parasel orollari) oroliga uchuvchisiz ayg‘oqchi samolyotlarini joylashtirdi, deb xabar qilmoqda "Sina" axborot portali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, uzoq masofaga uchuvchi Harbin BZK-005 apparati ilk marotaba orolning sun'iy yo‘ldosh orqali olingan suratida qayd etilgan. U 40 soat mobaynida havoda ucha oladi. Shunga ko‘ra, undan razvedka va patrullik amaliyotlarini o‘tkazish maqsadida foydalanish mumkin.  

Oxirgi vaqtlarda, Xitoy arxipelagdagi harbiy infratuzilmalarni faol ravishda kuchaytirmoqda. Xususan, Yunsindao oroliga ikkita HQ-9 zenit-raketa majmualari, J-11 qiruvchi va JH-7 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari batareyalari joylashtirilgan. Bundan tashqari, o‘rta masofaga ucha oladigan kemalarga qarshi YJ-62 raketalari ham bor.

Top