07:45 / 28.05.2016
3721

Xitoyda maktab avtobusi to‘ntarilishi qurbonlarga olib keldi

Xitoyning Xubey viloyatida maktab avtobusi to‘ntarilib ketdi. Oqibatda ikki o‘quvchi halok bo‘ldi, o‘n nafari jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Noxush voqea 27 mayda kechki payt Ichan shahri yaqinidagi Sandoupin posyolkasida sodir bo‘ldi. Hammasi bo‘lib avtobusda 12 o‘quvchi bo‘lgan.

Avtofalokat oqibati hozircha noma'lum. Voqea tergovi olib borilmoqda.

Top