10:12 / 28.05.2016
6353

OAV: Vashington Ar-Riyodga kassetali bombalar jo‘natishni to‘xtatdi

Oq uy Saudiya Arabistoniga kassetali bombalar yetkazib berishga veto qo‘ydi, deb xabar bermoqda Foreign Policy.

Ma'lum qilishlaricha, Vashington bu ishi bilan Saudiyaning Yamandagi harbiy harakatlarda tinch aholi vakillarini bombardimon qilganiga javob qaytargan. Materialda keltirilishicha, Saudiya Arabistoni ushbu kassetali bombalarni millionlab dollar evazga sotib olgan.

AQShning yuqori amaldori so‘zlariga ko‘ra, Saudiya ushbu bombalarni tinch aholi yashaydigan yoki shunga yaqinroq hududlarda qo‘llagan.

Top