16:49 / 28.05.2016
10895

O‘zbekiston TIV Boshqaruv ishlari boshlig‘i o‘zgartirildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Boshqaruv ishlari boshlig‘i o‘zgartirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga muvofiq To‘lashbek Eshonjonov O‘zbekiston TIV Boshqaruv ishlari boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bu vaqtga qadar Eshonjonov O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasida faoliyat yuritgan.

Top