14:38 / 29.05.2016
3938

Kiyevdagi keksalar uyida yong‘in ro‘y berishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Kiyev viloyatining Brovarskiy tumani hududida joylashgan Litochki qishlog‘idagi keksalar uyi yonib ketishi tufayli undagi 17 kishi halok bo‘ldi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, uyda yong‘indan avval jami 35 kishi bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar 18 kishini qutqarib qolishgan, ulardan 5 nafari turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma'lum qilinishicha, 29 mayga o‘tar kechasi chiqqan yong‘in mahalliy vaqt bilan tonggi soat 04:00da barataraf etilgan. O‘t o‘chirish ishlarida 28ta maxsus texnika hamda 150 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan.

Hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

Top