15:13 / 29.05.2016
6425

Manba: Suriya maxsus xizmatlari YeIni Parij teraktlari haqida ogohlantirgan edi

Yevropa mamlakatlari maxsus xizmatlari Suriya razvedkasi bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan va ma'lumotlar almashishda hamkorlik qilib kelgan. Nemis nashrlariga tayanib TASS agentligining xabar qilishicha, Damashqdagilar Yevropa Ittifoqini Parijda amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktlar haqida ogohlantirgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Suriya hukumati YeIga Parij teraktlarining oldini olishda yordam berishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni taqdim etgandi.

Bundan tashqari, Suriya razvedkasi yevropaliklarga minglab pasportlarning raqamlarini yuborgan. Bu pasportlarga IShID jangarilari 2015 yilning yozida Raqqada ega bo‘lgandi. Bu pasportlarda muhrlar qo‘yilgan, lekin ular boshqa ma'lumotlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lgan. Jangarilar shu pasportlar orqali Yevropa hududiga qochqinlar maqomida o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Top