09:19 / 29.05.2016
4328

Minglab zimbabveliklar prezidentning iste'foga ketishini talab qilmoqda

Zimbabveda hukumatga qarshi minglab odamlar ishtirokida norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar mamlakatning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lgan Bulavayo ko‘chalarini to‘ldirishdi. Ular mamlakatni 36 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Robert Mugabening iste'foga ketishini talab qilishmoqda.

Norozilar "Sen juda qarisan, Mugabe, iste'foga ket", "Mugabe saylovlar natijalarini o‘ziga moslashi mumkin, biroq iqtisodiy o‘zgarishlarni moslay olmaydi" degan plakatlar bilan ko‘chalar bo‘ylab yurib o‘tishdi.

Namoyishchilar mamlakat prezidenti hukmron partiya bilan "jamodonlarini yig‘ishtirmagunlaricha" o‘z aksiyalarini davom ettirishlarini aytishdi.

92 yoshli Robert Mugabe dunyodagi eng keksa mamlakat yetakchisi hisoblanadi. Yaqinda u ikki yildan keyin yana 5 yillik muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi ekanligini aytgandi. Qonun unga 99 yoshigacha hokimiyat tepasida qolishga imkon beradi.

Top