08:53 / 29.05.2016
6666

Zidan YeChLni yutgan ilk fransuz murabbiyga aylandi

Chempionlar ligasining 2015/2016 yilgi mavsumida Zinedin Zidan boshchiligidagi «Real» «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Zinedin Zidan bu g‘alaba orqali o‘ziga xos natija qayd etdi.

U ChLda g‘olib chiqqan ilk fransuz murabbiyiga aylandi. Bu vaqtgacha turnirda 14 mamlakat vakillari bo‘lgan murabbiylar g‘olib bo‘lishgandi.

Shu vaqtgacha italiyalik murabbiylar 11 marta, ispaniyalik murabbiylar 10 marta YeChLda o‘z jamoasi bilan g‘alaba qilgan.

U shuningdek ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan yettinchi insonga aylandi. 

Shu paytgacha Migel Munos, Jovanni Trapattoni, Yohan Kroyff, Karlo Anchelotti, Frank Raykaard va Xosep Gvardiola shunday yutuqqa sazovor bo‘lishgandi.

Ulardan faqat 3 nafari bir jamoa safida futbolchi va murabbiy sifatida Chempionlar ligasi (kubogi)da zafar quchgan: Munos, Anchelotti va Gvardiola.

Top